Germaniyaning yetti shahrida YeI va AQSh bilan savdo shartnomasiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda
Germaniyada TTIP (Transatlantic Trade and Investment Partnership) transatlantik erkin savdo hududini tashkillashtirish haqidagi shartnoma tuzishga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Norozilik namoyishlari Germaniyaning 7 shahrida bo‘lib o‘tmoqda: Gamburg, Berlin, Shtutgart, Keln, Leyptsig, Frankfurt-na-Mayne va Myunxen. Berlinning o‘zidayoq aksiya tashkilotchilari 100 000 nafar ishtirokchi uchun buyurtma berishdi. RT Germaniya poytaxtida o‘tayotgan namoyishlardan jonli translyatsiyani amalga oshirdi.
2013 yildan beri Yevropa Ittifoqi yopiq rejimda TTIP'ga doir muzokaralar olib bormoqda. Gap taxminan 820 kishidan iborat iste'molchi bozoriga ega dunyodagi eng katta erkin savdo zonasini tashkil qilish haqida bormoqda. AQSh va Yevroittifoqdan tashqari bu loyihaga Kanada, Meksika, Shveytsariya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Islandiya, shuningdek YeI a'zoligiga da'vogar mamlakatlarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Yevropada kelishuvga ishonqiramay qarashadi. Yevropaliklar TTIP'ning ekologik standartlar va ish bilan bandlik huquqlarini buzishidan xavfsirashmoqda. 2015 yilning oktabrida 150 mingdan ortiq kishi kelishuv imzolanishiga qarshi chiqib, Berlin ko‘chalariga chiqqan hamda norozilik aksiyasida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024