Fan-texnika | 23:09 / 20.09.2016
8807
2 daqiqa o‘qiladi

Bentley va Lamborghini Parij avtosalonida qatnashishdan bosh tortdi

Volkswagen konserni tarkibiga kiruvchi Bentley va Lamborghini avtomobilsozlik kompaniyalari Parij avtosalonida qatnashmaydigan bo‘ldi. Motorshou 1 oktabrda ochiladi.

Ikkala kompaniyaning motorshouda ishtirok etmasligi "Folksvagen"ning "dizel mojarosini" tartibga solish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun mablag‘larni tejash istagi bilan bog‘langan.

Bentley’da o‘z tadbirlarini uyushtirishga e'tibor qaratilishi aytildi. Bu tadbirlarda kompaniya o‘z mahsulotini bevosita mijozlarga namoyish qiladi. Lamborghini ham xaridorlar maksimal ko‘p miqdorda bo‘ladigan ko‘rgazmalarda ishtirok etmoqchi.

Avvalroq Parij avtosalonida Ford, Volvo, Aston Martin va Rolls-Royce kompaniyalari ishtirok etmasligi ma'lum bo‘lgandi. Bundan tashqari, Volkswagen ko‘p yillardan beri birinchi marta an'anaviy "Premeralar kechasini" o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu tadbirda kompaniya barcha brendlaridagi yangi mahsulotlarini OAV vakillari uchun dastlabki namoyishini o‘tkazadi. 

 

Mavzuga oid