Fan-texnika | 22:30 / 21.09.2016
14433
7 daqiqa o‘qiladi

iPhone 7 Plus’dan o‘zib ketgan smartfonlar

iPhone 7 Plus Apple’ning optik zum va ikki kamerali  birinchi smartfoniga aylandi. Bundan tashqari, «oddiy» iPhone 7 «plyus» kabi 3,5 mm audioteshikdan ozod bo‘ldi — quloqchinlarni endilikda Lightning porti orqali ulash mumkin. Biroq mazkur innovatsiyalar «eski yangilik»ga aylangan edi. Sababi, bu barcha xususiyatlar boshqa brendlarning Android-smartfonlarida bor. 

E'tiboringizga Apple’dan avval yuqoridagi ajoyib va yangi xususiyatlarni o‘z qurilmasida qo‘llagan smartfonlar ro‘yxatini keltiramiz. 

Ikkita kamera
iPhone 7 Plus 12 Mpli ikkita fotomodulga ega bo‘ldi, biroq ularning oynasi turlicha. Obektivlardan biri keng burchakli (28 mm), boshqasi – uzoqqa otadigan (55 mm). 

LG G5

LG kompaniya ham G5 smartfoniga ikkita kamera o‘rnatdi. Bunda modullardan biri 16 Mp, ikkinchisi  – 8 Mp. Ko‘rish burchagi – 78 va 135 daraja. Shunday qilib  LG G5 «oddiy» foto va keng burchakli suratga olish imkoniga ega. 

LG G5
•  Protsessor: Qualcomm Snapdragon 820
•  Ekran diagonali: 5.3 "
•  Foto imkoniyati: 16 Mpiks
•  Operativ xotira: 4 GB

LG G5 SE

G5 flagmanining kichik talqini ham 16 Mp va 8 Mp fotomodulili ikki kameraga hamda imkoniyatlarga ega.

LG G5 SE
•  Protsessor: Qualcomm Snapdragon 652
•  Ekran diagonali: 5.3 "
•  Foto imkoniyati: 16 Mpiks
•  Operativ xotira: 3 GB
.
LG X cam

Mazkur qurilma ham ikkita kameraga ega. Akalari kabi LG X cam 120 darajali kamerada (5 Mp) keng burchakli suratlar olish imkoniga ega. Optik masshtablashtirish ham mavjud. 

LG X cam
•  OT: Android 6.0
•  Protsessor: MediaTek MT6753
•  Operativ xotira: 2 GB
•  Ichki xotira: 16 GB
•  Foto imkoniyat: 13 Mpiks
•  Ekran diagonali: 5.2 "

Huawei P9

Xitoyning Huawei kompaniyasi bu masalaga boshqacha yondoshdi. P9 flagmanida 12 megapikselli RGB-matritsada bitta kamera joylashgan, ikkinchisi – 12 megapikselli Bayyer filtrisiz monoxromda. Smartfon birdaniga ikkita surat oladi, keyin ularni birlashtiradi. Shunday qilib yorug‘lik kuchayadi va rasm yanada sifatliroq bo‘ladi. Huawei P9 kamerasi afsonaviy nemis kompaniyasi LEICA bilan hamkorlikda yaratilgan.

Huawei P9
•  OT: Android 6.0
•  Protsessor: Huawei Kirin 955
•  Operativ xotira: 3 GB
•  Ichki xotira: 32 GB
•  Foto imkoniyati: 12 Mpiks
•  Ekran diagonali: 5.2 "

Honor 8

Mazkur qurilma ham ikki kamera tizimidan foydalangan. Unda ham ikkita 12 megapikselli fotomodul mavjud – biri rangli, ikkinchisi monoxromli, – ularda ham tanish funksiyalar. 

Huawei Honor 8 32GB
•  OT: Android 6.0
•  Protsessor: HiSilicon Kirin 950
•  Operativ xotira: 4 GB
•  Ichki xotira: 32 GB
•  Foto imkoniyati: 12 Mpiks
•  Ekran diagonali: 5.2 "

Xiaomi Redmi Pro

Xitoylik Xiaomi ham ilg‘or texnologiyalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Xiaomi Redmi Pro qurilmasiga ham 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli yordamchi fotomodulga ega  ikkita kamera o‘rnatishdi. 

Xiaomi Redmi Pro 32GB
•  OT: Android 6.0
•  Protsessor: MediaTek Helio X20
•  Operativ xotira: 3 GB
•  Ichki xotira: 32 GB
•  Foto imkoniyati: 13 Mpiks
•  Ekran diagonali: 5.5 "

 

Optik zum
iPhone 7 Plus imkoniyatlaridan biri bo‘lgan ikkikarrali «optik zum» albatta, hayratga soladi. Biroq undanda yaxshiroq kattalashtirish imkoniyati boshqa smartfonlarda ham mavjud.  

ASUS Zenfone Zoom

Ha, uning bittagina kamerasi bor, biroq unda 3 karrali haqiqiy zum-obektiv joylashgan. 13 megapikselli suratga olish imkoniyati tarkibiga asferik va prizmatik linzalar kiruvchi Hoya yapon obektividan foydalanilgan. Mana buni surat desa bo‘ladi.

ASUS ZenFone Zoom (2016) 64GB
•  OT: Android 5.0
•  Protsessor: Intel Atom Z3590
•  Operativ xotira: 4 GB
•  Ichki xotira: 64 GB
•  Foto imkoniyati: 13 Mpiks
•  Ekran diagonali: 5.5 "

 

Audioteshikning olib tashlanishi

Apple yettinchi qurilmasida 3,5 mmli audioteshikdan halos bo‘lishga qaror qildi. Sababi, Lightning interfeysi yanada sifatli va shovqinni faol qaytarish kuchiga ega. Biroq Apple bu borada ham kechga qoldi.

LeEco Le 2

Xitoyning LeEco kompaniyasi dunyo bo‘yicha ilk bor  3,5-mmli audioteshiklardan voz kechdi.  Xitoyliklar tinglash uchun o‘zgacha  CDLA (Continual Digital Lossless Audio) standartini taklif qilishdi.

LeEco Le 2 X620 16GB
•  OT: Android 6.0
•  Protsessor: MediaTek Helio X20
•  Operativ xotira: 3 GB
•  Ichki xotira: 16 GB
•  Foto imkoniyati: 16 Mpiks
•  Ekran diagonali: 5.5 "

LeEco Le Max 2

 

LeEco kompaniyasining flagman qurilmasi ham audioteshiklarsiz yaratilgan va  USB Type-C ulagichi orqali mini-jack’da ishlaydi.

LeEco Le 2 Max 32GB
•  OT: Android 6.0
•  Protsessor: Qualcomm Snapdragon 810
•  Operativ xotira: 4 GB
•  Ichki xotira: 32 GB
•  Foto imkoniyati: 21 Mpiks
•  Ekran diagonali: 5.7 "

Moto Z

Moto Z smartfoni ham USB Type-C porti orqali toza ovoz chiqaradi. 

Lenovo Moto Z 32GB
•  OT: Android 6.0.1
•  Protsessor: Qualcomm Snapdragon 820
•  Operativ xotira: 4 GB
•  Ichki xotira: 32 GB
•  Foto imkoniyati: 13 Mpiks
•  Ekran diagonali: 5.5 "


Moto Z Force

Sinmas ShatterShield ekranli ultramustahkam Moto Z Force ham audioteshiklarsiz ishlaydi.

Lenovo Moto Z Force 32GB
•  OT: Android 6.0.1
•  Protsessor: Qualcomm Snapdragon 820
•  Operativ xotira: 4 GB
•  Ichki xotira: 32 GB
•  Foto imkoniyat: 21 Mpiks
•  Ekran diagonali: 5.5 "

Mavzuga oid