Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari (fotojamlanma)
Dunyoda biri-biridan chiroyli mehmonxonalar juda ko‘p. Shunday bo‘lsa-da, ularning ba'zilari boshqalariga qaraganda ko‘rkamroqdir. CNN sohil bo‘yidagi dunyoning eng go‘zal 21 mehmonxonasi suratlarini to‘plab, ajoyib fotojamlanma taqdim etdi.
Soneva Kiri (Kox Kud, Tailand). Changalzor va okean o‘rtasida joylashgan 36 villadan iborat mehmonxona Tailandning eng hashamatli va betakror sohilbo‘yi maskanlaridan biridir.
Le Guanahane (Sen-Bartelemi). Bu hududga xos bo‘lgan klassik dam olish maskani. 2 hovuz, 2 oq qumli sohil va rif mehmonlar xizmatiga shay.
Hotel-Fasano (Rio-de-Janeyro). Rioning afsonaviy Iponema sohillaridagi eng ajoyib maskanlardan birida joylashgan hashamatli mehmonxona, shuningdek bu yerdagi Morro Dois Irmaos hamda Korkovado tog‘lari alohida diqqatga sazovordir.
Hotel du Palais (Biarrits, Fransiya). 1855 yilda Napaleon III tomonidan turmush o‘rtog‘i Yevgeniya uchun sovg‘a sifatida barpo etilgan, u o‘zining hashamatli dekoratsiyasi - marmar ishlanmalari, billur qandillari, noyob buyumlari va qimmatbaho matolari bilan mashhur.
Four Seasons Resort The Biltmore (Kaliforniya). 22 akr maydonga ega bog‘da minglab tropik o‘simliklar va palmalar orasida bunyod etilgan mehmonxona.
Intercontinental Danan Sun Peninsula Resort (Danang, Vetnam). Ushbu betakror mehmonxonada hamma narsa suratga olishga chorlaydi go‘yo - tabiat manzarasi, restoranlar, 197ta nomer va lyukslardan iborat mehmonxona...
W Barcelona (Barselona, Ispaniya). Yelkan shaklidagi mehmonxona dunyoga mashhur me'mor Rikardo Bofill tomonidan ishlab chiqilgan. Barselonaning eng betakror mehmonxonasidagi 437 xonasi bo‘lib, ularga dengiz va qumlarga hamohang tarzda och tilla hamda feruza ranglarida ishlov berilgan.
Rockhouse Hotel (Negril, Yamayka). Negril sohillari boshqa dam olish maskanlariga o‘xshamaydi - bu yerdagi sohillar qumli emas, qoyalidir. Mehmonxonaning ajoyib 20 villasi tosh va taxtadan qurilgan.
El Nido Pangulasian Island (Palavan, Filippin). Bu xususiy kurort-orol Palavan El Nido Resorts arxipelagining eng hashamatlisi hisoblanadi. Oroldagi villalar zamonaviy filippin usulida bunyod etilgan.
Belmond Villa Sant'Andrea (Sitsiliya, Italiya). 1830 yilda xususiy villa sifatida qurilgan mehmonxona klassik italyan uslubida bo‘lib, yorqin ranglar, zamonaviy san'at namunalari va o‘ta hashamatli qulayliklari bilan sayyohlarni jalb qiladi.
Soneva Fushi (Maldiv oroli). 1995 yilda ochilgan dam olish maskani bugungi kundagi eng yaxshi kurortlardan biri hisoblanadi. Villalar qalin barglar orasiga yashiringan va oq qumli sohildan bir necha qadam narida joylashgan.
The St. Regis Bahia Beach Resort (Rio Grande, Puerto Riko). Bu kurort "El Yunkui" Milliy o‘rmoni yaqinida joylashgan bo‘lib, u shaxsiy sohili, qushlar qo‘riqxonasi va okean qirg‘og‘ida golf maydoniga ega.
Qualia (Avstraliya). Gamilton orolining shimoliy qismida joylashgan Qualia orzudagi dam olish maskani hisoblanadi. Bu yerdagi villalar tropik manzaralar fonida yanada ajoyib ko‘rinadi. Ularning aksariyati o‘zining qulayligi - xususiy hovuzlari va verandalari bilan mehmonlar e'tiborini tortadi. Quyosh botishini tomosha qilish uchun eng zo‘r joy.
Four Seasons Resort Maui (Veyli, Havayi). Havayida dam olish maskanlari ko‘p bo‘lsa-da, Veylidagi Four Seasons Resort ularning orasida eng ko‘rkamidir. 15 akr hududni band qilgan kurort suvosti musiqa markazi, hovuz chetidagi bar va Veyli sohilining ajoyib manzaralari bilan umrbod xotirangizda qoladi.
Secret Bay (Dominika, Karib orollari). Dominikaning nisbatan noma'lum orolida yashiringan mehmonxona Karibdagi eng saqlanib qolgan jumboqlardan biri hisoblanadi. U faqatgina 6 villaga ega bo‘lib, ular ekologik tozaligi bilan e'tiborga loyiq.
Bela Vista Hotel & Spa (Algarve, Portugaliya). U 1934 yilda Algarveda ochilgan ilk mehmonxona bo‘lgan. Otelning original dekoratsiyasi - yog‘och shiftlar va devordagi rang-barang mozaikalar yaqinda o‘tkazilgan ta'mirlash ishlari yordamida saqlab qolingan. 38 xona o‘ziga xos usulda bezatilgan bo‘lib, biri ikkinchisini takrorlamaydi.
The Mulia (Bali, Indoneziya). Kurort 75 akrni qamrab olgan. Bu dam olish maskani alohida xususiyatga ega bo‘lgan ikki bo‘limdan iborat: An'anaviy Mulia kurorti va Mulia villalari - shaxsiy hovuzlari va yopiq-ochiq vanna xonalari bilan ta'mirlangan 108ta hashamatli avtonom villalar.
Cap Juluca (Angilya). 179 akr maydonni egallagan qulay mehmonxona Karibdagi eng ko‘rkam maskanlardan biri hisoblanadi. Mavritaniya usulidagi villalar oq qumli sohillar yaqinida joylashgan. Mehmonxonada orom olish uchun barcha qulayliklar yaratilgan - Frette choyshablaridan tortib to Hermès vanna mahsulottlarigacha.
Four Seasons Resort Bora Bora (Bora-Bora, Frantsuz Polineziyasi). 2008 yilda ochilgan To‘rt mavsum mehmonxonasi Bora-Boradagi eng yangi va eng chiroyli dam olish maskani hisoblanadi. U suv ustida qurilgan 100 xonadan iborat, ularning ba'zilari o‘z hovuziga ham ega.
The Resort at Pedregal (Kabo San Lukas, Meksika). Tog‘lar va okean o‘rtasidagi yarimorolda joylashgan mehmonxona Kabo San Lukasdagi eng yaxshi dam olish qarorgohidir. Xonalar keng va chiroyli, ular Meksika san'at namunalari usulida bezatilgan va kamin, ayvon hamda hovuzlar bilan boyitilgan. Bu yerdagi El Farallon restoranida eng yaxshi dengiz mahsulotlari taomlari tayyorlanadi.
The Setai (Mayami, AQSh). Bu sohilbo‘yi otelidan ko‘ra zamonaviy shahar mehmonxonalariga o‘xshab ketadi. Setaida xonalar qo‘lda yasalgan shved krovatlari va qora granitdan yasalgan vannalar bilan ta'mirlangan. Tashqarisida uchta ajoyib hovuz bo‘lib, ular Janubiy sohildan bir necha qadamda joylashgan.
Mavzuga oid
17:41 / 12.12.2024
Hashamat qurbonlari yoxud Vatanda qolgan yaqinlarining hoyu-havaslari uchun qiynalayotgan musofirlar
19:10 / 30.06.2019
O‘zbekistonda mehmonxonalar xizmati talab darajasida(mi)?
20:57 / 03.03.2019
Yaponiya Olimpiada vaqtida mehmonxonalar tanqisligi muammosining antiqa yechimini taklif qildi
16:44 / 22.08.2018