Afg‘onistonda 100dan ortiq kishi "Tolibon" asirligidan qutqarildi
Afg‘oniston maxsus xizmatlarining maxsus topshiriqli bo‘linmalari "Tolibon" harakati nazoratidagi qamoqxonadan 100 nafardan ortiq mahbusni ozod qildi. Bu haqda Pajvak agentligi xabar bergan.
"Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari G‘ilmon viloyatidagi "Tolibon" qamoqxonasidan 101 kishini ozodlikka chiqardi", — deyilgan agentlikning tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Afg‘onistondagi vaziyat 2015 yilning yozidan boshlab sezilarli darajada yomonlashdi. Avvallari mamlakatning tog‘li hududlarida harakatlangan "Tolibon" harakati yirik shaharlarga hujum qila boshladi. Qolaversa, 2015 yili mamlakatda IShID terrorchilik tashkilotining ta'siri kuchayib, jangarilarning yangi guruhlari paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
23:50 / 29.11.2024
Rossiya «Tolibon»ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarmoqchi. Shoygu Kobulga bordi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
19:21 / 01.11.2024