8 yoshli maktab o‘quvchisi qo‘ziqorin iste'mol qilishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi
Mixaylovka shahrida (Volgograd viloyatida) zaharli qo‘ziqorinlarni iste'mol qilgan 8 yoshli qizcha hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Volgograd viloyati tergov bo‘limining saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra, bir hafta ilgari 8 yoshli maktab o‘quvchisi ota-onasi bilan birga Moskvaga borgan, ular qaytishda Tambov viloyatida to‘xtashgan. Oila a'zolari yo‘l bo‘yidagi o‘rmon chizig‘ida qo‘ziqorin terishgan. Uyga kelishganidan so‘ng qizning otasi mahalliy bozordan ham qo‘ziqorin xarid qilgan.
"Qo‘ziqorinli taomni iste'mol qilgan oila a'zolari bir necha soat o‘tgach, o‘zlarini yomon his qila boshlashgan. Ular 24 sentabr kuni taxminan soat 5larda shifoxonaga yetkazilgan. Qizning ahvoli shifokorlar tomonidan o‘ta og‘ir, deya baholangan. Shifokorlar bir necha kun uning hayotini saqlab qolish uchun kurashishdi. Biroq qiz hayotdan ko‘z yumdi", - deyildi idorada.
Mavzuga oid
08:11 / 14.12.2024
Kanadada har yigirmanchi o‘limga evtanaziya sabab bo‘lmoqda
17:35 / 25.10.2024
O‘zbekistonda tug‘ilish kamaydi, o‘limlar soni esa oshdi
17:12 / 22.10.2024
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi zaharlanishdan halok bo‘ldi
14:30 / 24.09.2024