Jamiyat | 08:35 / 28.09.2016
7149
2 daqiqa o‘qiladi

Naomi Uotts va Liv Shrayber 11 yillik munosabatlaridan so‘ng ajrashishga qaror qilishdi

Hollivud aktyorlari Naomi Uots va Liv Shrayber 11 yillik rishtalardan keyin ajrashishga qaror qilishdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi. 

47 yoshli Uotts va 48 yoshli Shrayberning so‘zlariga ko‘ra, ular uchun oila sifatida oldinga harakat qilishning yagona yo‘li - ajrashish. 

"Qalblarimizdagi buyuk muhabbat, hurmat va do‘stlik bilan munosabatlarimizdagi yangi bosqichni o‘rganib, farzandlarimizni hamjihatlikda voyaga yetkazishga umid qilamiz", — deyiladi artistlarning arizasida.

Uotts va Shrayberning ikki o‘g‘li bor. Juftlik 2005 yildan beri birga yashab kelgan, lekin rasmiy nikohdan o‘tmagan. 

Naomi Uotts "Ilojsiz", "21 gramm", "Byordmen" kabi filmlari orqali tanilgan. Aktrisa ikki marotaba nufuzli "Oskar" mukofoti nomzodi bo‘lgan. 

Liv Shrayber - to‘rt karra "Oltin globus" nomzodi. U "Diqqat markazida", "Iks odamlar: Ibtido. Rosomaxa" kabi filmlari va "Rey Donovan" seriali orqali tanilgan. 

Tez orada Uotts va Shrayber birgalikda suratga tushgan yangi kartina ekranlarga chiqishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid