Jamiyat | 14:39 / 28.09.2016
8086
1 daqiqa o‘qiladi

Singapurlik 17 soat vaqt mobaynida 2 yoshli bolani garovda ushlab turdi 

Singapur politsiyasi 28 sentabr kuni 17 soat vaqt mobaynida ikki yashar bolani garovda ushlab turgan shaxsni hibsga oldi. Channel NewsAsia telekanalining xabar berishicha, maxsus operatsiya o‘tkazilayotgan vaqt bolaga zarar yetmagan.

Dastlabki tergov-surishtiruv ishlariga ko‘ra, 39 yoshli erkak bolaning onasi bilan janjallashib qolgan. Politsiyaga holatni tushuntirgan erkak "xotini bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan"ini aytgan. Uzoq olib borilgan muzokaralarga qaramay, jinoyatchi murosaga kelmagan. Shundan so‘ng ko‘p qavatli uyning beshinchi qavatidagi xonadonga bostirib kirilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bolaning onasini giyohvand moddalar saqlash va tarqatishda ayblab, qo‘lga olishgan. Hibsga olingan erkak ham giyohvand moddalarning noqonuniy savdosida gumon qilinmoqda.

Ayni damda bolakay shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng uning keyingi hayotiga oydinlik kiritiladi.

 

Mavzuga oid