Jahon | 11:03 / 29.09.2016
11144
2 daqiqa o‘qiladi

Obama o‘z qizlarining harbiy xizmatga borishiga qarshilik qilmaydi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z qizlari Maliya va Sashaning mamlakat qurolli kuchlari safida xizmat qilishiga to‘siq bo‘lmaydi. U o‘z oilasi bilan Virjiniya shtatidagi Fort-Li bazasida bo‘lganida shu haqda aytib o‘tgan. Uning piyoda qismlar bazasiga uyushtirgan tashrifi CNN tomonidan translyatsiya qilingan.

"Men shunday degan bo‘lardim: O‘zingni sinab ko‘r. Lekin men ularning xizmatni qayerda o‘tashini o‘ylab, asabiylashmasdim desam, yolg‘on aytgan bo‘laman. Farzandlar - dilbanding. Imkoni bo‘lsa edi, men ularni butun umr bo‘yi uyda olib qolardim", deya Obamaning so‘zlarini keltirgan Reuters.

Amerika yetakchisi, shuningdek, ko‘proq amerikaliklar harbiy xizmatga borishini yoqlab chiqdi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, bu "yuqori darajali daromadga ega kishilar"ga taalluqli.

Barak va Mishel Obama 1992 yilda turmush qurishgan. Ular ikki farzandni voyaga yetkazishdi: 18 yoshli Maliya va 15 yoshli Sasha. Maliya shu yili maktabni tamomladi va Harvard universitetida o‘qishni boshlashdan oldin gap year («erkin yil») boshladi.

Mavzuga oid