Parlamentga kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi kiritildi
Ayni vaqtda Qonunchilik palatasida ish qizg‘in bormoqda. Xususan, deputatlar yangi tahrirdagi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ustida ishlashmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi huzuridagi kiritilayotgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruh tomonidan ro‘yxatga olingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasiga Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi mas'ul etib tayinlandi. Qo‘mita huzurida dastavval ekspertlar guruhi tuzildi. Hozirgi vaqtda ushbu ishchi guruhi qonun loyihasini dastlabki o‘qishga tayyorlash ustida faoliyat olib bormoqda.
– Qonun loyihasining qabul qilinishi ijtimoiy-mehnat sohasida kasaba uyushmalari erkinligining kafolatlarini mustahkamlaydi, – deydi qo‘mita a'zosi Otabek Abdug‘aniyev. – Mazkur hujjat Xalqaro mehnat standartlari, jumladan, Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarini milliy qonunchilikka samarali implementatsiya qilishda, kasaba uyushmalari mustaqilligi kafolatlarini ta'minlash, faoliyatining huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirishga doir zarur huquqiy bazani shakllantirish, fuqarolarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari himoyasini kuchaytirish, ijtimoiy-mehnat sohasida qonuniylikni ta'minlash va jamoatchilik nazoratini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Manba: parliament.gov.uz
Mavzuga oid
16:50 / 03.12.2024
Sudyalar Oliy kengashi tarkibi Senat tomonidan saylanishi mumkin
16:10 / 03.12.2024
Qaysi deputat qanday ovoz bergani ochiq bo‘lishi kerak - Bobur Bekmurodov
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
17:59 / 20.11.2024