Fan-texnika | 18:17 / 05.10.2016
7169
2 daqiqa o‘qiladi

Fitnes-trekerlar foydasiz deb topildi

Foto: Engadget.com

Xalqaro shifokorlar jamoasi fitnes-trekerlardan foydalanish jismoniy tarbiya jadalligiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatib berishdi. Shu mavzuga bag‘ishlangan tadqiqot The Lancet Diabetes and Endocrinology jurnalida nashr etildi, bu haqida The Telegraph nashri qisqacha xabar qiladi.

Olimlar yil davomida 800 kishining sog‘lig‘i (og‘irligi, qon bosimi va yurak urish tezligi) va jismoniy faoliyat intensivligini kuzatib borishdi. Tadqiqot ishtirokchilarining ayrimlari fitnes-bilaguzuk taqqani uchun pul mukofotlari ham olishdi.

Dastlabki 6 oyda moliyaviy rag‘batlantirish olgan ishtirokchilar jismoniy faollikning ortganini qayd etishdi. Biroq bir yildan so‘ng ularning ko‘rsatkichi dastlabki darajaga qaytdi.

Pul mukofotini olmagan ishtirokchilarda bir yil o‘tib, aerobik jismoniy faollik davomiyligi o‘sishi kuzatildi (o‘rtacha haftasiga 16 daqiqa). Shuningdek, tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, bu salomatlikni sezilarli darajada yaxshilash uchun  ahamiyatsiz ko‘rsatkich sanaladi.

Mavzuga oid