Fan-texnika | 14:45 / 05.10.2016
8021
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya arabistonilik o‘quvchi Facebook va Google rahbarlarining akkauntini buzishga muvaffaq bo‘ldi

Saudiya arabistonilik maktab o‘quvchisi Ahmad Makkiy Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg va Google rahbari Sundar Pichayning Twitter mikrobloglar servisidagi akkauntini buzishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda BuzzFeed portali xabar bermoqda.

O‘quvchi, taxminan, OurMine xakerlar guruhining a'zosi hisoblangan. Ma'lum qilishicha, mazkur guruh Uber rahbari Trevis Kalanik va boshqa mashhurlarning akkauntini buzgan hisoblanishadi.

Nashrning aniqlashicha, Makkiyni Instagram’dan topishgan. U yerda joylashtirilgan suratlarning birida Our-Mine.net havolasi bor edi.

OurMine guruhining o‘zi esa maktab o‘quvchisi ular a'zosi ekanligini inkor etishgan.
 

Mavzuga oid