Jamiyat | 15:18 / 06.10.2016
4440
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh hukumati jamoatchilik bilan aloqalar uchun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi

AQSh hukumati jamoatchilik bilan aloqalar, jumladan reklama shartnomalari va mutaxassisilar ish haqi uchun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi. Bu haqida AQSh Kongressining hisobot bosh boshqarmasi ma'lumotiga asoslanib, TASS agentligi xabari berdi. 

"Federal hukumat jamoatchilik bilan aloqalar uchun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi: bundan 1 milliard dollar reklama va piar-shartnomalarga, yana 500 million dollar jamoatchilik bilan aloqa olib boruvchi 5 ming davlat xizmatchisining maoshiga yo‘naltirilgan", - deya qayd etiladi hisobotda. 

Hujjatda ta'kidlanishicha, so‘nggi o‘n yillikda Vashington reklama va piar-shartnomalariga har yili 800 million dollardan 1,3 milliard dollargacha sarf qilgan. Muzokaralar federal hukumat faoliyatini nafaqat televideniye, radio va yangiliklar lentasi orqali, balki elektron pochta, internet saytlari, bloglar, matnli xabarlar, shuningdek Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham yoritishni ko‘zda tutadi. Kongressda ta'kidlanishicha, jamoatchilik bilan aloqalar uchun javob beruvchi davlat xizmatchilarining o‘rtacha oylik maoshi taxminan 7,5 ming dollarni tashkil qilgan. 
 

Mavzuga oid