Fan-texnika | 21:27 / 06.10.2016
9690
1 daqiqa o‘qiladi

Sharp eng tiniq ekranni taqdim etdi

Foto: Anandtech

CEATEC 2016 ko‘rgazmasida Sharp kompaniyasi virtual dubulg‘a uchun 1008 piksel zichligiga ega bo‘lgan displeyni taqdim etdi. Bu to‘g‘risida Anandtech xabar berdi.

Ekran diagonali bor-yo‘g‘i 2,87 dyuym va 2160x1920 piksellarga ega.

Masalan, Oculus Rift virtual reallik shlemining bir displeyi  1080x1200 piksellar va dyumiga 456 nuqtalar zichligiga ega. Biroq kompaniya hozircha bu kabi displeylarni ko‘p miqdorda ishlab chiqarishni rejalashtirmagan, tijoriy namunalar esa faqat yillardan keyin paydo bo‘ladi.

Shuningdek, Sharp 8K displeyning birinchi prototiplarini taqdim etdi: 85 dyuymli televizor va 27 dyuymli monitor. Har ikki qurilmada 4320ga 7680 imkoniyatga ega IGZO panellar  va 120 gers yangilanish chastotasi o‘rnatilgan.

Mavzuga oid