Jahon | 23:01 / 07.10.2016
4752
2 daqiqa o‘qiladi

Delta Airlines aviakompaniyasi "Metyu" bo‘roni sababli 280 ga yaqin reysni bekor qildi

Foto: © Flickr

AQShning yirik aviakompaniyalaridan biri Delta Airlines AQShning janubi-sharqiy sohillariga 7 oktabrda yopirilgan "Metyu" bo‘roni sababli 280 ga yaqin reysni bekor qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Kompaniya matbuot-bayonotiga ko‘ra, asosan Florida shimoli-sharqidagi hamda Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlaridagi Deytona-Bich, Orlando, Jeksonvill, Savanna va boshqa shaharlar aeroportlaridan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan reyslar bekor qilingan.

Shu bilan birga, biroz susayib, shtormga aylangan bo‘ronning o‘tishiga qarab, aviakompaniyaning Mayami, Fort-Loderdeyl, Vest-Palm-Bichdagi parvozlari qayta yo‘lga qo‘yilgan. 

Bo‘ron sababli Floridada hamda Jorjiya, Janubiy va Shimoliy Karolina shtatlarining sohilbo‘yi hududlarida favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilingan. 500 mingga yaqin uy elektr energiyasiz qolib ketgan. Tabiiy ofat tufayli yirik avariyalar yuz bergani haqida ma'lumot kelib tushmagan.

 

Mavzuga oid