Jamiyat | 22:49 / 07.10.2016
17437
3 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlardan reportaj: "Mettyu" to‘foni

Foto: Getty Images

7 oktabr kuni Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha 4-toifaga kiritilgan “Mettyu” to‘foni AQShning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqinlashib keldi. Meteorologlarning fikricha, to‘fon 5-toifagacha ko‘tarilishi mumkin. TJ bu to‘fon haqida eng muhim xabarlarni jamladi.

 

AQShdagi “Mettyu”

To‘fon AQSh qirg‘oqlariga yetib kelgunga qadar, Amerikaning Florida, Jorjiya, Janubiy va Shimoliy Karolina shtatlarida favqulodda holat e'lon qilinib, u yerlarga qo‘shimcha qutqaruvchilar yuborilgan edi. To‘fonning harakatini tekshirish bilan NASA mutaxassislari shug‘ullanishmoqda.

Mayami aeroportining 90 foiz reyslari bekor qilindi.

Floridada 300 mingga yaqin turar joy elektrsiz qoldi va 10 yildan beri ilk marotaba Disney World ko‘ngilochar bog‘i yopildi.

Ming nafardan ortiq odam evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik jamoat binolariga joylashtirildi. Florida Gubernatori Rik Skott shtatning 1,5 mln aholisini evakuatsiya qilishni chaqirdi.

Tabiiy ofatni kutayotgan hududning qolgan aholisi do‘konlarni bo‘shatib, eng zarur narsalar zaxirasini to‘plab olishmoqda.

7 oktabr tongida mahalliy vaqt bilan to‘fon Florida shtati Palm-Bich okrugining shimoliy qismiga yetib keldi. To‘fon biroz vaqtdan keyin shimolga harakat qilishi kutilmoqda.

Guvohlar voqea joyidan ko‘plab surat hamda videolarni tarmoqqa yuklashmoqda.

 

Gaitidagi “Mettyu”

Gaitida «Mettyu» dovuli qurbonlari soni 572 nafarga yetdi.

«Mettyu» dovuli 2007 yildan buyon Atlantika okeanida yuzaga kelgan eng yirik uragan bo‘ldi. 

Uning tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil etmoqda. Uning kuchi to‘rtinchi daraja (mavjud 5 darajadan - tahr.) bilan baholangan.

Internetda "Mettyu" dovulining Gaitida qoldirgan asoratlari tasvirlangan videolar tarqaldi. Ularda uylar vayron bo‘lgani, daraxtlar yiqilgani, chor-atrof loy va chiqindilar bilan to‘lgani ko‘rinadi.

Suratlar ijtimoiy tarmoqlardan olingan

Mavzuga oid