Sharp noodatiy ko‘rinishdagi smartfoni prototipini namoyish qildi
Sharp kompaniyasi Corner R nomli smartfon prototipini taqdim etdi. Qurilmada Free-Form Display («Erkin shaklga ega displey») texnologiyasidan foydalanilgan. Bu esa kompaniyaga ekran yaratishda to‘g‘riburchakli shakl emas, korpusga mukammal tarzda sig‘adigan LCD panel hosil qilishda yordam beradi.
V Corner'da yuqori qismdagi chinakam yaxlitlikka ega 5,2 dyuymli 1080p IGZO displeyi mavjud.
The Verge nashrining qayd etishicha, avval ishlab chiqaruvchilar bunday effekt uchun ekran chetini korpus qismiga berkitishiga yoki burchak pikselida doimo qora rangni aks ettirishiga to‘g‘ri kelgan.
Ayni damda Sharp Free-Form Display'ga ega qurilmalarni tijorat bozoriga qachon olib chiqish haqida ma'lum qilmagan.
Qayd etish kerakki, bu kompaniyaning ekran atrofida ramkasi bo‘lmagan smartfon yaratishga bo‘lgan birinchi urinishi emas. Biroq, 2015 yil taqdim etilgan Aquos Crystal displeyi to‘g‘ri burchakli edi.
Mavzuga oid
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
12:24 / 06.09.2024