So‘rovnoma natijalari Trampning Klintonni ortda qoldirayotganini ko‘rsatmoqda
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp o‘z raqibi - Demokratlar partiyasi vakili Hillari Klintonni 2 foizga ortda qoldirmoqda. Rasmussen Reports kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik fikrini bilishga qaratilgan so‘rovnoma shundan dalolat bermoqda. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilingan.
Manbaga ko‘ra, so‘rovnoma ishtirokchilarining 43 foizi Trampni, 41 foizi esa Klintonni qo‘llab-quvvatladi.
Rasmussen Reports tadqiqotchilarining qayd etishlaricha, minglab amerikaliklar o‘rtasidagi ijtimoiy fikr so‘rovnomasi AQSh prezidentligiga ikki partiya nomzodining televizion debatidan keyin o‘tkazilgan.
Rasmussen Reports'ning avgust oyi o‘rtasida o‘tkazgan xuddi shu mazmundagi so‘rovnomasi Trampning (39 foizga qarshi 41 foiz ko‘rsatkich bilan) Klintondan ortda qolayotganini ko‘rsatgandi.
Vitse-prezidentlikka nomzodlar o‘rtasidagi debatlar seshanba kuni Virjiniya shtatidagi Longvud universitetida o‘tkazildi. Vitse-prezidentlikka Indiana shtati gubernatori Mayk Pensning nomzodi respublikachi Donald Tramp bilan birga, Virjiniya senatori Tim Keyn nomzodi esa demokratlar vakili Hillari Klinton bilan birga ilgari surilmoqda.
Debatlardan keyin Tramp Pensning ishonchli g‘alaba qozonganini ma'lum qildi. CNN telekanali ham ana shunday ma'lumot bilan chiqdi, unga ko‘ra, 48 foiz respondent respublikachiga, 42 foizi esa demokratga ovoz bergan.
AQSh prezidenti saylovlari joriy yilning 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024