Jahon | 15:40 / 09.10.2016
14460
2 daqiqa o‘qiladi

Yaman poytaxti ahli BMTning shahardagi ofisi oldiga to‘plandi

Foto: twitter.com/@Abd_Yafei

Yaman poytaxti Sano shahri aholisi vakillari shanba kungi aviahujum tufayli norozilik namoyishi uyushtirib, BMTning shahardagi ofisi binosi atrofiga yig‘ildi.

Shanba kuni Sano shahridagi dafn marosimi vaqtida berilgan aviazarba oqibatida 140 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi va 525 kishi jarohatlandi.

Ba'zi manbalarda esa qurbonlar soni 213 nafarligi aytilgan.

Husiychilar bu hujum Saudiya Arabiston boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari tomonidan amalga oshirilganini ta'kidlashmoqda. Arab koalitsiyasi esa bu ayblovni inkor etmoqda.

Namoyish tasvirlari isyonchilarga qarashli bo‘lgan Al Masirah telekanalida namoyish etilgan. Ma'lum qilinishicha, "Vulqon g‘azabi" deya nom olgan namoyishda "o‘n minglab kishilar" Yaman bayroqlarini va Saudiya Arabistoniga qarshi plakatlarni ko‘targan holda ko‘chalarga chiqishgan.

Namoyish vaqtida nutq so‘zlagan kishilar BMTning bu voqealardan keyin harakatsiz qolayotganini tanqid qilgan.

Harakat rahbarlaridan biri Muhammad Ali al-Husiy "agressorlarni tor-mor qilish" harbiy lashkar safiga yangi kuchlar yollanishi kerakligini ta'kidlagan.

Mavzuga oid