Sport | 11:46 / 09.10.2016
28823
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik jangchi Yemelyanenko bilan birga Checheniston prezidenti va uning do‘stlariga qarshi jang qilmoqchi

Foto: sports.ru

Og‘ir vazn toifasidagi amerikalik jangchi Sheyn Karvin Reddit-e saytidagi postida Fedor Yemelyanenkoni kuchlarni birlashtirishga va Ramzan Qodirov hamda uning do‘stlariga qarshi jang boshlashga chaqirdi. Faoliyatini yakunlagan bu sportchi bunday jangda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

«Fyodor va men Checheniston prezidenti hamda uning do‘stlari bilan jang qilaman. Men hatto voqea tafsilotlarini, gap nima haqida ekanini bilmayman, lekin chechenlar rahbarining tarafdorlari Fyodorni ko‘p haqorat qilishibdi, buning uchun ularga javob qaytarish kerak», – deya yozgan Karvin.

Bundan oldinroq ukrainalik MMA jangchisi Yemelyanenkoning yonini olib, chechenistonlikni jangga chorlagani haqida xabar berilgandi.

Yemelyanenko Grozniyda Qodirovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida tashkil etilgan janglarni tanqid qilgan edi. 

Bu esa Qodirovning tarafdorlariga yoqmadi va ular taniqli jangchini haqorat qila boshlashdi.

Mavzuga oid