Jahon | 14:23 / 09.10.2016
5078
1 daqiqa o‘qiladi

Arab koalitsiyasi Sanodagi hujum bo‘yicha tekshiruvda AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyor

Foto: AFP

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Vashington bilan Yaman poytaxti Sano shahrida 8 oktabr kuni dafn marosimi vaqida uyushtirilgan hujum voqeasi tafsilotlarini o‘rganishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar tarqatdi.

Bundan oldinroq, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bu fojiani qattiq qoralagan va hodisa aybdorlarini topishga chaqirgandi.

Sanoda shanba kuni dafn marosimi vaqtida amalga oshirilgan hujum oqibatida 200dan ortiq kishi halok bo‘lib, 500dan ortiq kishi jarohatlangan. Qurbonlar orasida shahar meri Abdulqodir Hilol ham borligi aytilgan.

Bombardimon uyushtirishda gumon qilinayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya ayblovlarni rad etmoqda.

Mavzuga oid