Jahon | 18:22 / 11.10.2016
8229
1 daqiqa o‘qiladi
Fransua Olland Putin bilan istalgan vaqtda uchrashishga tayyorligini bildirdi
Fransiya prezidenti Fransua Ollandning bayonot berishicha, u RF davlat rahbari Vladimir Putin bilan Suriyadagi bombardimonlar va sulhga erishish maqsadida "istalgan vaqtda" uchrashishga tayyor.
11 oktabr kuni Yevropa Kengashida chiqish qilgan Fransiya yetakchisi Rossiya bilan "qat'iy va rostgo‘y" muloqot qilishga chaqirgan edi.
Avvalroq, RF prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Parijga safarini bekor qilgani haqida ma'lum qilgan edi.