Fan-texnika | 14:46 / 13.10.2016
11346
2 daqiqa o‘qiladi

Internet tarmog‘ida yangi BMW “besh”lik namoyish qilindi

Foto: germancarforum.com

Germancarforum onlayn forumida BMW 5-Series sedani yangi avlodining chizmalari namoyish etildi. Uning rasmiy marosimi, bugun 13 oktabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Suratlardan aytish mumkinki, «beshlik» 7-Series so‘nggi avlodi uslubida ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, u qator jihatlarni 2013 yili Pininfarina atelesi bilan hamkorlikda yaratilgan Gran Lusso kontseptidan o‘zlashtiradi.

BMW 5-Series intereri ham «yettilik»ka o‘xshash bo‘ladi. Sedanning markaziy konsoli, priborlar paneli, multimedia majmuasi ekrani, rul chambaragi, transmissiyani tanlagich va iDrive tizimi joystiki to‘liq yangi ko‘rinish kasb etadi.

BMW 5-Series shuningdek, «yettilik» negiziga asos bo‘lgan CLAR shassisi negizida barpo etiladi. Uning konstruksiyasida alyuminiy va kompozit materiallardan foydalaniladi. Shu bois, vazni 80 kg yengillashadi. 

Unga, benzinli, dizelli motorlardan tashqari, xo‘jalik elektr tarmog‘idan quvvatlanuvchi gibridli agregat ham o‘rnatiladi. 

Uning qo‘shimcha qurilmalari ro‘yxatiga favqulodda to‘xtash tizimi, ketayotgan yo‘lakda saqlash tizimi va Remote 3D View funksiyasi kiradi. 

 

Mavzuga oid