Jahon | 20:42 / 13.10.2016
20588
2 daqiqa o‘qiladi

Politsiya vakili Yemelyanenkoning qiziga hujum qilganning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lgani haqida aytdi

© RIA Novosti

Rossiya IIVning Moskva bo‘yicha boshqarmasi rahbari Pavel Milovanov Aralash janglar san'ati (MMA) ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanenkoning qiziga hujum qilgan shaxsning tashqi ko‘rinishini tasvirladi.

«Komsomolskaya pravda» nashriga bergan intervyusida Milovanov hujum qiluvchi «kavkazcha tashqi ko‘rinishda emas, slavyan bo‘lgani» aytilgan. U o‘rta yoshlarda bo‘lgan.

Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchining tashqi ko‘rinishi kuzatuv kameralariga tushgan, ayni vaqtda uni qidirish ishlari olib borilmoqda.

12 oktabr kuni sportchining 16 yoshli qizi Mariya noma'lum shaxs hujumiga uchraganidan keyin bolalar jarrohlik va travmatalogiya shifoxonasiga yotqizilgandi.

Politsiya ushbu hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochdi.

Yemelyanenkoning 16 yoshli qiziga qilingan hujum Fyodorning faoliyatiga bog‘liq-bog‘liqmasligiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Fyodor Yemelyanenko 4 oktabr kuni Grozniy shahrida o‘tkazilgan Grand Prix Akhmat 2016 aralash janglar turnirida yosh bolalar ishtirokini tanqid qilgandi. Keyinroq «Axmat» klubi prezidenti Abuzayd Vismuradov Rossiya MMA rahbarining ushbu masala yuzasidan tanqid qilishga haqqi yo‘q ekanini aytgandi.

Shuningdek, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yemelyanenkoning tanqidiga o‘z munosabatini bildirgan edi.

Mariya bilan bog‘liq hodisa shu munozaralar bilan bir vaqtda ro‘y bergani uchun bu voqealar bir-biriga bog‘liqligi bo‘yicha taxminlar ilgari surila boshlagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bu haqda xabardor etilgan.

Mavzuga oid