Senat «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqdi
2016 yil 12 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a'zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N. Yo‘ldoshev boshqardi.
Majlisda senatorlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan taklif etilgan «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturini ijro etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi.
Ushbu qonun aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning umumiy talablari va asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olish, shuningdek, davlat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlari va tadbirkorlik sub'yektlarining ushbu sohadagi roli va javobgarligini oshirish maqsadida qabul qilinganligi ta'kidlandi. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayoni ustidan monitoring yuritish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari nazarda tutilmoqda.
Qonun aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifati, darajasi va samaradorligini oshirishga, ularning manfaatlarini himoya qilishga doir kafolatlarni mustahkamlab qo‘ygan yaxlit hujjatdir. Mazkur huquqiy hujjatda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniq belgilab qo‘yilgan, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj aholi toifalari aniqlab berilgan, ularni aniqlash mezonlari va tartibi belgilangan.
Qonunda, ayniqsa, ta'lim, ishga joylashtirish va sog‘liqni saqlash sohalarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shakllari hamda turlari muhim o‘rin egallaydi, ushbu sohadagi idoralararo hamkorlik va ijtimoiy sheriklik masalalari tartibga solinmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024
Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
15:48 / 20.11.2024