Sport | 15:20 / 16.10.2016
11576
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» futbolchilari «Lester»ga qarshi o‘yindagi gollarni kimga bag‘ishlashdi?

APLning 8-turi doirasida «Chelsi» «Lester»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi birinchi va ikkinchi gollarni urgan Diyego Kosta hamda Eden Azar goldan keyin alohida harakatlarni amalga oshirishdi.

Ushbu futbolchilar ikki qo‘llaridagi barmoqlari bilan 22 raqamini hosil qilishgan. Bu orqali ular shu raqam ostida o‘ynovchi jamoadoshlari Villianga uning onasi o‘limi uchun hamdardliklarini izhor qilishgan.

Shu bilan birga uchinchi gol muallifi Viktor Mozes bunday harakatni takrorlamadi.

Villian o‘yindan keyin Kosta va Azarga minnatdorchilik bildirdi.

«Onamning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan barcha yaqinlarim, do‘stlarim va muxlislarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman», — deb yozdi braziliyalik futbolchi Twitter’dagi sahifasida.

13 oktabr kuni 28 yoshli braziliyalik futbolchi onasining vafoti haqida ma'lum qilgan va onasi bilan instagramga she'r yozib vidolashgandi.

Mavzuga oid