Turkiya janubi-sharqida reyd o‘tkazilayotgan vaqtda portlash sodir etildi
Turkiya janubi-sharqidagi Gaziantep shahri hududida politsiya maxsus amaliyot o‘tkazayotgan mahal xudkush terrorchi o‘zini portlatdi.
CNN Turk telekanali ma'lumotiga ko‘ra, politsiyachilar terrorchilar yashiringan ko‘p qavatli uyni shturm qilganida, ulardan biri o‘zini portlatgan. Portlash oqibatida 3 politsiyachi halok bo‘lib, kamida 10 kishi jarohatlangan.
Ayni vaqtda shaharda boshqa terrorchilarni bartaraf etish bo‘yicha amaliyot o‘tkazilmoqda. Bu terrorchilar ham xudkush bo‘lishi istisno qilinmagan.
Gaziantep aholisi ehtiyot bo‘lishga chaqirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Gaziantepdagi to‘y marosimida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 56 kishi halok bo‘lgandi. Mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu terakt 14 yoshgacha bo‘lgan 2 o‘smir tomonidan sodir etilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:14 / 03.01.2025
Yangi Orleandagi fojia: hujum qilgan shaxs haqida nimalar ma’lum?
17:41 / 02.01.2025
Turkiyada «Krokus» terakti ijrochilariga aloqador shaxslar ishi sudga topshirildi
18:10 / 01.01.2025
Yangi Orleanda avtomobil odamlarni bosib ketdi. 10 kishi halok bo‘lgan
13:27 / 25.12.2024