O‘zbekiston | 16:24 / 17.10.2016
8158
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» litiy batareyasida ishlaydigan qurilmalarni qo‘l yuki sifatida olib ketishni tavsiya qildi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» yo‘lovchilarga litiy batareyasida ishlaydigan portativ elektron qurilmalarni faqat havo kemasi salonida qo‘l yuki sifatida yoki yonida olib ketishni tavsiya etadi. Bu haqda milliy aviakompaniya saytida ma'lum qilindi.
Ushbu tavsiya Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ko‘rsatmalariga muvofiq va parvozlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida berilayotgani ta'kidlangan.
Shuningdek, mazkur qurilmalarni havo kemasi bortida zaryadlashga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu tavsiyalarga qat'iy amal qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
16:44 / 10.02.2024
Toshkent aeroportida yo‘lovchilar uchun alohida yo‘lak ajratildi
18:25 / 10.03.2023
Toshkentda jamoat transportidan ko‘proq ayollar va yoshlar foydalanmoqda – PMTI
00:56 / 02.06.2018
Xitoyda samolyotlardan foydalanish taqiqlangan yo‘lovchilar ilk ro‘yxati e'lon qilindi
19:35 / 15.02.2018