17 ming nafardan ziyod muhojir nemis hukumatini sudga berdi
Boshpana izlayotgan 17 ming nafardan ziyod muhojir nemis hukumatini sudga berdi. Bu haqda Süddeutsche Zeitung xabar qilgan.
Ushbu masala Jyeneva konvensiyasiga muvofiq 90 foiz holatda da'vogarlar foydasiga hal bo‘lishi mumkin.
Bunday ko‘p miqdorda da'voning kiritilishiga Germaniyaning muhojirlarga qochqin maqomini to‘laqonli bermagani sabab bo‘lgan. Buning o‘rniga ular Germaniya muhojirlar va qochqinlar masalasi bo‘yicha federal tashkilotdan cheklangan moddiy manfaat ko‘rishadi.
Nashrning ma'lum qilishicha, 15 mingdan ortiq da'vo suriyalik muhojirlar tomonidan kiritilgan.
Ma'lumot uchun, 2015 yilda Germaniyaga Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan 1,1 million nafardan ziyod muhojir kirib kelgan.
Mavzuga oid
17:04 / 27.12.2024
Germaniya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi. Muddatidan oldin saylovlar 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024