Jahon | 12:16 / 19.10.2016
5935
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Bryusselda xaridorlarni garovga olgan jinoyatchi shahar burgomistr o‘rinbosarining o‘g‘li bo‘lib chiqdi
Bryusseldagi supermarketda xaridorlarni garovga olgan kishi poytaxtdagi Fore kommunasi burgomistri o‘rinbosarining o‘g‘li bo‘lib chiqdi. TASS agentligi mahalliy OAVga asoslanib, shu haqida ma'lum qildi.
Burgomistrning yoshlar va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ahmad Uartassiyning o‘zi jinoyatni aynan uning o‘g‘li sodir etganligiga iqror bo‘ldi.
U ro‘y bergan voqeadan keyin tez orada o‘tkazilgan kommunal kengash majlisida shu mazmundagi bayonot bilan chiqdi.
Bundan avval Bryusselda Carrefour supermarketida noma'lum qurollangan erkak 15 kishini garovga olgani haqida xabar berilgandi. U Belgiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
08:34 / 26.04.2024
18 mamlakat yetakchilari HAMASni garovdagilarni ozod qilishga chaqirdi
08:01 / 02.01.2024
Dubayda jinoiy to‘da tomonidan garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik qutqarildi
10:05 / 13.12.2022
Meksikada 7 nafar o‘zbekistonlik garovga olindi
20:45 / 14.06.2021