Jahon | 09:40 / 20.10.2016
29798
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Putinni shaxsan tanimayman, lekin u men haqimda yaxshi fikrda

Foto: Reuters

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari munosabatlarini yaxshilab, IShIDga qarshi birga kurashsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini aytdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi

"Men Putin bilan shaxsan tanish emasman, lekin u men haqimda yaxshi gaplar gapirgan", - dedi Tramp Las-Vegasdagi (Nevada shtati) uchinchi teledebatlar chog‘ida. "Agar Rossiya va AQSh bir yoqadan bosh chiqarib, IShIDga qarshi birgalikda kurashsa, juda yaxshi bo‘lardi", - qo‘shimcha qildi Tramp. 

Uning fikricha, AQSh va RFning muammosi shundaki, Putin na Oq uyning hozirgi rahbari, na Hillari Klintonni hurmat qiladi. "Men ko‘rganlarning barchasi uni hurmat qilmaydi", - dedi Tramp o‘z raqibiga ishora qilib. 

Avval xabar berilganidek, Nevada universitetida Hillari Klinton va Donald Trampning uchinchi televizion debatlari bo‘lib o‘tdi. Bu AQSh prezidentligiga nomzodlarning saylovdan oldingi so‘nggi marta yuzma-yuz uchrashishidir. 

Mavzuga oid