AQShda rohiba ayol 19 yoshli yigitni o‘ldirganini tan oldi
AQShda 19 yoshli yigit Lukas Leonardni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan rohiba ayol va uning 3 nafar sherigi sud bilan hamkorlik qilishga qaror qilib, aybiga iqror bo‘lishgan.
Nyu York shtati Nyu Hartfort shahridagi protestanlik mazhabi elliginchi yo‘nalishi Word of Life cherkovi rohibasi Tiffani Irvin birinchi darajali hujum va ikkinchi darajali qasdsiz qotillik sodir etish bo‘yicha aybini tan olgan va 12 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan. Mahkama qaroriga binoan qolgan ikki ayblanuvchiga 5 yildan, yana biriga 8 yillik qamoq jazosi tayinlangan, deb tafsilotlar bilan o‘rtoqlashmoqda TWC News telekanali.
Umuman, 2015 yil 11 oktabrda sodir etilgan jinoyatda 9 nafar kishi ayblangan. Xususan, marhumning ota-onasi va o‘gay opasi ham shular jumlasidan. Bundan avvalroq, 5 nafar ayblanuvchi iqrornomani imzolashgan edi.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, Lukas va uning 17 yoshli ukasi Kristoferni 10 soatdan ko‘proq vaqt mobaynida cherkov binosida urishgan. Bu jarayonda ishtirok etganlarning uqdirishicha, ular shu yo‘l bilan yoshlarning tavba qilishlariga erishmoqchi bo‘lishgan. Natijada Lukas o‘lgan, Kristofer og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Tergovchilarga ko‘ra, rohiba shaxsan yigitlarga tan jarohati yetkazmagan bo‘lsa-da, voqealarni kuzatib turgan.
Jinoiy ishning yana besh nafariga noyabr va dekabr oylarida hukm o‘qilishi xabar qilinmoqda.