Jamiyat | 17:35 / 22.10.2016
4809
1 daqiqa o‘qiladi
Tallin aeroporti portlovchi moslama to‘g‘risidagi xabardan so‘ng ko‘chirildi
Estoniya poytaxti aeroportiga tashrif buyurganlar, binoga portlovchi moslama o‘rnatilgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng, zudlik bilan xavfsiz joylarga ko‘chirildi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi mahalliy politsiya vakillariga tayangan holda.
«Portlash haqidagi xabar tushki payt kelib tushgan. Hozirda aeroport hududida politsiya maxsus o‘rgatilgan itlar bilan faoliyat yuritmoqda. Havo gavanidan barcha odamlar ko‘chirilgan», — deb ma'lum qilgan huquq-tartibot idorasi.
Qayd etilishicha, samolyotlarga qo‘nishga ruxsat beriladi, ammo yo‘lovchilar salonni vaqtincha tark etmaydi. Aeroport binosining o‘zi ham tekshiruv ishlari tamomlanguncha faoliyat ko‘rsatmaydi.
Mavzuga oid
08:11 / 27.12.2024
Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi uchta aloqa kabeliga zarar yetkazildi
20:53 / 16.12.2024
Estoniya ortidan Litva ham Gurjistonga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi
17:31 / 15.11.2024
Estoniyada aholi orasida pul yetishmasligi tufayli jinoyatchilik ko‘paygani e’lon qilindi
17:28 / 13.11.2024