Fan-texnika | 08:08 / 22.10.2016
6343
1 daqiqa o‘qiladi
Wikileaks o‘z izdoshlarini AQShga kiberhujumlarni to‘xtatishga chaqirdi
Maxfiy ma'lumotlarni e'lon qilishga ixtisoslashgan WikiLeaks portali o‘z tarafdorlariga kutilmagan murojaat bilan chiqdi. U izdosh xakerlarni AQSh saytlariga hujum qilmaslikka chaqirdi.
«Janob Assanj tirik va Wikileaks o‘z faoliyatini davom ettiradi. Biz tarafdorlarimizni Amerika internet tarmog‘iga hujum qilishni bas qilishga chaqiramiz. Siz o‘z qarashingizni namoyish etdingiz», — deyiladi tashkilot Tvitterida.
Avvalroq, Dyn tizimiga DDoS-hujumlar amalga oshirilgani ma'lum qilingan edi. Ushbu xakerlik hujumi natijasida qator taniqli saytlar, jumladan Reddit, Spotify va Twitter faoliyati buzilgan edi.
AQSh ichki xavfsizlik vazirligi kiberhujumlarning «barcha ehtimoliy sabablari»ni o‘rganib chiqishini bildirdi.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04