Jahon | 20:39 / 27.10.2016
4351
2 daqiqa o‘qiladi

Tailand bosh vaziri millatni ma'nan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shiq yozdi

Foto: © AFP

Tailand bosh vaziri va harbiy hukumat boshlig‘i general Prayut Chan-Ocha Youtube’dagi shaxsiy kanalida o‘zi yozgan qo‘shiqni chop etdi. Qo‘shiq tailandliklarni og‘ir damlarda ma'nan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu haqda 27 oktabrda Tailand hukumati rasmiy vakili general-mayor Sansem Keokamnet ma'lum qildi.

"Bosh vazir bir oy avval "Umid va ishonch" deb nomlangan qo‘shiq yozdi hamda unga musiqa yaratish va uni studiyada yozish uchun quruqlikdagi qo‘shinlar musiqiy ansambliga bergan", deb ma'lum qildi Keokamnet.

Tailand Uchinchi milliy telekanali qo‘shiq berilgan kuniyoq qo‘shiqni quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘shiqchilari ijrosida namoyish qilgan.

"Umid va ishonch bizga istalgan og‘ir yo‘lni yengishga, uni oxirigacha o‘tishga yordam beradi. Birdamlik va o‘zaro ko‘mak – bu taylarga og‘ir damlarda doim yordam beradigan sifatlardir" deyilgan qo‘shiq matnida. Bu bosh vazirning oxirgi ikki yildagi uchinchi qo‘shig‘idir. 

Yangi qo‘shiq 13 oktabrda vafot etgan Tailand qiroli Pxumipxon Adul'yadeta vafoti munosabati bilan milliy motam davom etayotgan vaziyatda yozildi. Qirol mamlakatga 70 yildan ko‘proq hukmronlik qilgan va mamlakat aholisi tomonidan chuqur hurmatlangan.

 

Mavzuga oid