Fan-texnika | 16:08 / 29.10.2016
11783
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik tyunerlar Ford Mustang va GT superkarini qorishtirdi

Foto: ca.motor1.com

Amerikaning Zero to 60 Designs tyuning atelesi noyabr oyi boshlarida Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan SEMA tyuning ko‘rgazmasida maxsus loyihasi bilan ishtirok etadi. Atele Ford Mustang avtomobilini qayta ishlagan. GTT (Gran Turismo Tribute) deb nomlangan mashina 6 haftada ishlab chiqilgan. 

Yangilikning aerodinamik kuzovi dizaynini barpo etishda «Mustang» va GT superkari tashqi elementlaridan foydalanilgan. Yangi ishlanmaga besh litrlik hajmga ega sakkiz silindrli dvigatel tanlanib, yangi boshqaruv bloki va mexanik kuchaytirgich o‘rnatilgan. Natijada motor quvvati 800 ot kuchigacha yetgan. 

Sportkar shuningdek, Magnaflow purkagichi, Eibach Pro-Street-S sport podveskasi, anchagina baquvvat Brembo tormozlari va Pirelli P-Zero shinalari bilan qoplangan yangi disklarga ega bo‘lgan.

Zero to 60 Designs atelesi shu modeldan cheklangan miqdorda ishlab chiqarish niyatida. Uning narxi dekabr oyi oxirida e'lon qilinadi. Ilk mashinalar 2017 yilda yig‘ila boshlanadi. 

Mavzuga oid