Oilasini tashlab ketgan amerikalik 20 yildan ortiq vaqt davomida o‘zini o‘lgan baliqchiga soldi
Indianapolisda istiqomat qilgan, 1993 yilda yo‘qolib qolgan Richard Hoaglend o‘z uyidan 1 600 kilometr narida topildi. Ma'lum bo‘lishicha, u yangi hayot boshlash maqsadida oilasidan qochib ketgan. ABC News nashri shu haqida ma'lum qildi.
Richard Hoaglend va uning ikkinchi turmush o‘rtog‘i Linda Iseler
Yo‘qolgan paytida Hoaglendning turmush o‘rtog‘i (Linda) va 4 o‘g‘li (ikki turmushidan) bo‘lgan. Ularning barchasi oila boshlig‘ini allaqachon o‘lgan hisoblashardi. 2002 yilda sudda unga rasman ana shunday maqom berilgan. Bir yildan so‘ng Linda shaharni tark etib, qayta turmush qurdi.
Hoaglend Florida shtatidagi Zefirhills shahrida to‘xtadi, 1995 yilda u o‘z uyiga ega bo‘ldi va yana uylandi. 23 yil davomida u sobiq oila a'zolari bilan aloqaga chiqmagan, faqat yo‘qolgan yilidagina o‘g‘illari Mettyu va Duglasga tabrik xati yo‘llagan.
Yangi shaharda u o‘zini - 1991 yilda baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lgan baliqchi - Terri Simanski deya tanishtirgan. Hoaglend o‘z oilasidan qochgandan keyin bir muddat halok bo‘lgan baliqchining otasi yashaydigan uyda to‘xtagan va bu yerdan o‘lim haqidagi hamda haydovchilik guvohnomasini o‘g‘irlagan.
Richard Hoaglend qo‘lga olinganidan so‘ng
63 yoshli Hoaglendning iziga Simanski oilasi yordamida chiqildi. Baliqchining qarindoshi Ancestry.com saytida sulola daraxtini tuzayotib, amakisi o‘limidan bir necha yil o‘tib uylanganidan xabar topdi.
Shundan keyin mazkur tergovga detektiv Entoni Kardillo qo‘shildi. Taqdim etilgan hujjatlar, shu jumladan haydovchilik guvohnomasiga qaramay, Hoaglendga Simanskining o‘limi haqidagi guvohnoma ko‘rsatilganda u o‘z aybiga iqror bo‘ldi.
Tampa Bay Times bilan suhbatda politsiya xodimi Kris Nokko qochoqning qilgan ishini "qo‘rqoqlik" deya atadi. Huquq-tartibot organi xodimining fikricha, Hoaglend o‘z foydasiga begonalarning tinchini buzgan. Uning sobiq oila a'zolari - Linda, Mettyu va Duglas ham shunday fikrda.
Ayblanuvchining uchinchi turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li 20 yil mobaynida yetti yot begona insonning familiyasi ostida yashab kelganliklarini bilishmagan. Shunday bo‘lsa-da, turmush o‘rtog‘i erining o‘tmishi unda doimo savollar tug‘dirganini ta'kidlagan.
Hoaglendni oldinda tovlamachilik va qalbaki hujjatlar uchun sud jarayoni kutmoqda. Uning o‘zi aybini tan olmagan va ikkinchi oilasini nima uchun tashlab ketganiga izoh bermagan.
Mavzuga oid
19:26 / 29.11.2024
«Qamoqdan chiqishni xohlasang, advokatingdan voz kech» – tergovdagi shaxsga bosimlar haqida
15:54 / 25.11.2024
Hindistondagi kasalxonada vafot etgan erkak krematsiyadan oldin o‘ziga keldi
16:49 / 16.10.2024
Sobiq MXX binosi hududidan ko‘chirilgan daraxtlarga oid tergov ishi natijasi ochiqlanmayapti. Sukut ortida nima bor?
21:36 / 13.06.2024