Jahon | 07:18 / 29.10.2016
6067
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Halabda aviazarbalar berishni qayta boshlashga buyruq bermagani ma'lum qilindi

Foto: AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyaning Halabiga aviazarbalar berishni qayta boshlash maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi, deb aytdi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

Peskovning aytishicha, Putin yaralangan aholi va jangarilar shaharni tark eta olishi uchun gumanitar tanaffuslar uzaytirilishini qo‘llab chiqdi.

"Terrorchilik guruhlari tomonidan ig‘vogar harakatlarning oldini olish uchun Rossiya o‘zida unda mavjud kuchlar va vositalarni qo‘llash huquqini saqlab qoladi", deb qo‘shimcha qildi Peskov.

Avvalroq Rossiya bosh shtabi Putinga Halabga aviazarbalar berishni qayta boshlash iltimosi bilan murojaat qilgan. Bosh shtab bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy buni jangarilar Suriya hukumat qo‘shinlariga qarshi faol jangovar harakatlarni qayta boshlagani bilan tushuntirgan.

Mavzuga oid