Italiya tarixidagi ilk ayol vazir hayotdan ko‘z yumdi
Italiya respublikasining birinchi ayol vaziri, Qarshilik harakati a'zosi Tina Anselmi ona shahri Kastelfranko shahrida 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qilmoqda mahalliy OAV.
17 yoshida natsistlarning odamlarni ommaviy qatl etishiga tirik shohid bo‘lgan Anselmi Qarshilik harakatiga qo‘shilishga ahd qilgan edi. U partizanlik guruhlaridan birida jang qildi va o‘shandayoq Nasroniy-demokrak partiya safiga kirdi.
1968 yilda u ilk bor milliy parlament a'zosi sifatida saylandi va unda 1992 yilgacha faoliyat yuritdi.
1976 yil 29 iyulida Anselmi Italiya hukumatida vazirlik lavozimiga ega bo‘lgan ilk ayol bo‘ldi. U Mehnat va ijtimoiy ta'minot vaziri sifatida ishladi. Keyinchalik sog‘liqni saqlash vazirligiga rahbarlik qilgan Anselmi hozirgi Milliy sog‘liqni saqlash xizmati asoschilaridan biri bo‘ldi. Anselmi bir necha marotaba Italiyadagi ayrim siyosiy kuchlar tomonidan hukumat rahbarligiga salohiyatli nomzod sifatida ko‘rilgan edi.
Mavzuga oid
13:51 / 24.12.2024
Italiyaning eng yirik banki RFdan yevroda to‘lovlar qabul qilishni to‘xtatadi
15:01 / 23.12.2024
Meloni: RF migratsiyadan YeIga putur yetkazish uchun foydalanishi mumkin
13:48 / 19.12.2024
«Gazprom» Italiyaga birinchi marta STG yetkazib berdi
13:14 / 05.12.2024