Jahon | 19:35 / 01.11.2016
8237
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya qurolli kuchlari zirhli texnikasi Iroq bilan chegaraga yo‘nalmoqda

Foto: Boracan ZUMAPRESS.com/Globallookpress

Turkiya qurolli kuchlarining katta miqdordagi zirhli texnikasi Iroq bilan chegaraga yo‘nalmoqda. Bu haqda harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda NTV turk telekanali xabar bermoqda.

Manbaning aytishicha, harbiy texnika Turkiyaning Suriya va Iroq bilan chegaradosh Shirnak viloyatida joylashgan Silopi shahriga kelmoqda. 

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Anqara Iroq hududidan Turkiya milliy xavfsizligiga xavf solinadigan bo‘lsa, Iroqda quruqlikdagi operatsiyani boshlashga tayyorligini ma'lum qilgandi. 

 

Mavzuga oid