Jahon | 08:37 / 02.11.2016
7748
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyalik arxitektorlar Kolizey qulashi mumkinligidan ogohlantirishmoqda

Foto: tjournal.ru

Rimning eng diqqatga sazovor joylaridan biri – Kolizeyning kuzatuvchisi Franchesko Prosperetti Italiyada yaqinda yuz bergan zilzila oqibatida qadimiy obidaning qulashi mumkinligidan xavotir bildirdi. Ta'kidlanishicha, "yangi dunyo mo‘'jizalaridan biri" yana bir zilzilaga dosh berolmay, o‘zining ikki ming yilligigacha yetib bormasligi mumkin.

Prosperetti Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida har bir yangi zilzila ikki ming yillik inshootga borgan sari xavfli yuklama tug‘dirayotganini, undagi yoriqlar kattalashayotganini ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, 30 oktabrda Kolizey tekshiruvdan o‘tkazilgan, uning yakunlariga ko‘ra uning bir qismini tashrif buyuruvchilarga yopishga qaror qilingan. Binoning boshqa qismi, ya'ni Forum, Panteon hamon ochiqligicha qolmoqda.

Arxeolog Alessandro D'Alessio qadimgi rimliklar Italiyadagi seysmologik vaziyatdan xabardor bo‘lishgani va ular binolarni shuni hisobga olib qurishgani haqidagi fikrni aytib o‘tdi. 

Qurilishi 80-yilda bitkazilgan Kolizey o‘z tarixida bir necha zilzilalarni boshdan kechirgan. 1349 yildagi bunday zilzilalardan biri oqibatida imoratning janubiy qismi qulab tushgan, 1703 yildagi zilzila ham unga anchagina talofat yetkazgandi.

 

Mavzuga oid