Sport | 12:06 / 03.11.2016
4425
2 daqiqa o‘qiladi

«Tottenhem» «Uembli»da 8 yildan beri yutqazmoqda, jamoaning mavsumdagi g‘alabasiz seriyasi 6ta o‘yinga yetdi

Foto: The Guardian

 Londonning «Tottenhem» jamoasi YeChL guruh bosqichining 4-turida «Bayyer»ga 0:1 hisobida yutqazdi.

Bu «shporlar»ning «Uembli» stadionidagi qatorasiga 6-uchrashuvda yutqazishi bo‘ldi.

Londonliklar oxirgi marta bu stadionda 2008 yili g‘alabali uchrashuv o‘tkazgan, o‘shanda Angliya Ligasi kubogi finalida «Chelsi» taslim etilgandi (2:1). Shundan so‘ng «Tottenhem» «Uembli»da 6ta uchrashuv o‘tkazib, «Manchester Yunayted», «Portsmut», «Chelsi» (2 marta) va «Monako» jamoalariga yutqazgandi.

 Bundan tashqari, «shporlar» joriy mavsumda barcha turnirlarni hisobga olgan holda qatorasiga 6 uchrashuvda g‘alaba neligini bilmayapti. Bunday seriya «Tottenhem» ustozi Mauricio Pochettino faoliyatida ilk marta ro‘y berishi hisoblanadi.

Oxirgi marta londonliklar jamoasi 2 oktabr kuni, APL doirasida «Manchester Siti»ni o‘z maydonida 2:0 hisobi bilan yenggandi.

Mavzuga oid