Butun Turkiya bo‘ylab kurdparast deputatlar hibsga olinmoqda
Butun Turkiya bo‘ylab Xalqlar demokratiyasi partiyasining muxolif kurdparast deputatlari hibsga olinishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vazirligida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Prokuratura ko‘rsatmalariga muvofiq, politsiya Diyorbakir, Van, Shirnak, Haqqyori va Bingyol viloyatlarida hibsga olishlar o‘tkazmoqda", deyilmoqda xabarda. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtga kelib 11 deputat, jumladan Xalqlar demokratiyasi partiyasi hamraisi Fig‘on Yuksakdog‘ va Salohiddin Demirtosh hibsga olindi. Ular "terrorchilik tashviqoti" bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berishni istamaslikda ayblanmoqdalar. Bundan tashqari, yana bir qancha deputatlar hibsga olinmoqda. Ular orasida Ziyo Pir, Gulsar Yildirim va Xalqlar demokratiyasi partiyasi hamraisi o‘rinbosari Sirri Surayyo Onder ham bor.
Hurriet gazetasi elektron versiyasining xabar berishicha, Turkiya parlamenti spikeri o‘rinbosari, kurdlarni qo‘llab-quvvatlovchi, partiyasiz Parvin Buldan ham hibsga olingan.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024