Jamiyat | 22:03 / 07.11.2016
29195
3 daqiqa o‘qiladi

Sud To‘xtar Tuleshovning o‘nlab uylari, mashinalari, ot va tuyalarini musodara qildi

Qozog‘iston sudi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan qozog‘istonlik tadbirkor, «Chimkentpivo» zavodi egasi To‘xtar Tuleshovning otlari, tuyalari, avtomobillari va uylarini musodara qildi. Bu haqda Nur.kz xabar bergan.

Bugun sud hakami Yerbol Axmetjanovning hukmi asosida ayblanuvchining musodara etiladigan mulki ro‘yxati tuzilgan:
- 30 bosh ot, ulardan 11tasi zotdor;
- bir tuya va ikki tuya bolasi;
- Turkistondagi yer uchastkasi;
- 10ta xususiy uy, Chimkentdagi 2ta kvartira;
- Mitsubishi, Toyota Land Cruiser, Bentley, o‘nlab Chevrolet, Toyota Land Cruiser 200, BMW, Mercedes, Porsche Cayenne, bir nechta Toyota Camry va Toyota Prado, Volkswagen, Infiniti, Rolls-Royce va Lexus rusumli avtomobillar (jami 40dan oshiq);
- 22ta zargarlik stanogi;
- 183 dona tilla taqinchoqlar;
Bundan tashqari, pul vositalari musodara etilgan.

"Tuleshov, Jumabayeva Oraskul, Yesenbayeva Nadiya, Saukanbekova Saula, Nuralina Dina nomidagi karta hisoblari, Dosambayevaning uyi tintuv qilinishi vaqtida topilgan 50 000 dollar, 18 000 dollar, 855 yevro, 1 370 rubl, 15 turk lirasi, 91 000 o‘zbek so‘mi, 5 281 tenge", - deya hukm qilgan sudya.

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi 58-moddasi 4-bandiga asosan, jinoyatlarga tayinlanuvchi jazo muddatlarini qisman umumlashtirish yo‘li bilan Tuleshovga 21 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

30 yanvar kuni Chimkentda politsiya maxsus operatsiyasi chog‘ida qo‘lga olingan biznesmenni Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi mahalliy tadbirkorni hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda ayblagandi.

Tergovda Tuleshov hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallashga oldinroq tayyorgarlik ko‘rib borgan, o‘tgan yildan boshlab esa bunga faol kirishgani aniqlangan. Uning harakat rejasi keskinlik o‘choqlarini yaratish, norozilik namoyishlari va ommaviy tartibsizliklar tashkil etish orqali mamlakatda vaziyatni beqarorlashtirishni ko‘zda tutgani, shu yo‘l bilan muqobil hukumat tuzish va amaldagi hokimiyat tizimini o‘zgartirish niyatida bo‘lgani qayd etilgan.

Shu maqsadda u Qirg‘izistonda 2005 va 2010 yillarda sodir bo‘lgan voqealarni puxta o‘rganib chiqqani ta'kidlangan.

Qozog‘iston MXQ mahalliy tadbirkorni davlat to‘ntarishi amalga oshirishga urinishda aybladi

Internetda Chimkentda hibsga olingan tadbirkorning qizining tug‘ilgan kunidan olingan video paydo bo‘ldi

Mavzuga oid