Fan-texnika | 09:03 / 07.11.2016
12045
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya hukumati avtomobillardagi oynalarni kameraga almashtirmoqchi

Janubiy Koreya hukumati yo‘l xavfsizligi qoidasini qayta ko‘rib chiqish va orqani ko‘rish yonoynalari o‘rniga kameralardan foydalanishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Yonxap» agentligi xabar qilmoqda.

Janubiy Koreya yer, infratuzilmalar va transport vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, orqani ko‘rsatuvchi yonoynalarni bekor qilish havo qarshiligini kamaytirish hisobiga yoqilg‘ini 10 foizga tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, u avtohalokatlar sonini keskin kamaytiradi. Chunki, haydovchi ko‘ra olmaydigan hudud qolmaydi. 

Vazirlik, shuningdek, yonoynalarning bekor qilinishi mahalliy sanoat vakillarining ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarish va transport vositalari dizaynini yaxshilashga omil bo‘ladi, degan fikrda. 


 

Mavzuga oid