O‘zbekiston | 16:44 / 08.11.2016
5633
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov AQSh elchisini qabul qildi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

2016 yilning 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV sayti xabar bergan.

Suhbat davomida AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonning 27-29 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-AQSh uchrashuvlari va muzokaralari natijalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid