Sport | 08:24 / 08.11.2016
21469
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikalik futbolchi unga qizil kartochka ko‘rsatgan hakamni o‘ldirdi

Illyustrativ surat

Meksikaning Tulansingo shahrida 6 noyabrda havaskorlik klublarining uchrashuvi vaqtida futbolchi Ruben Rivera Vaskes 59 yoshli hakam Viktor Trexoni unga qizil kartochka ko‘rsatgani uchun o‘ldirib qo‘ydi.

Goal.com portali ma'lumotlariga ko‘ra, Vaskes ikki klub futbolchilari o‘rtasida chiqqan janjalda faol ishtirok etgani uchun qizil kartochka olgan. Bundan darg‘azab bo‘lgan futbolchi hakam yoniga kelib, uning yuziga boshi bilan zarba bergan. Shundan keyin hakam yiqilib tushgan.

Shifokorlar hakamga uning shunchaki boshi aylanib ketdi deb o‘ylab, darhol yordam ko‘rsatishni boshlashgan. Biroq hakam hech qanday tiriklik alomatlarini namoyon qilmagan. Ma'lum qilinishicha, futbolchi voqea joyidan qochib ketgan va hozirda politsiya tomonidan qidirilmoqda.
 

Mavzuga oid