Amerikaliklar dunyo trendida: «Bu bizning prezident emas!»
Tvitterning amerikalik foydalanuvchilari #HesNotMyPresident (#UMeningPrezidentimEmas) heshtegini dunyo trendiga olib chiqishdi. Bugungi trendda shuningdek, #Trump va President Trump heshteglari ham bor.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari AQSh prezidentligi saylovlari natijalarida respublikachilar nomzodi Donald Tramp g‘olib bo‘lganidan noroziliklari ifodalangan tvitlarga #HesNotMyPresident heshtegini ilova qilishmoqda.
Ular asosan Tramp o‘zlarining manfaatlarini ifoda etmasliklarini ifoda qilishmoqda.
«Tramp g‘alaba qilmadi. Nafrat g‘olib keldi. Irqchilik zafar qozondi. Badaxloqlik yengdi. Tarbiyasizlikning oshig‘i olchi bo‘ldi», – deya yozgan foydalanuvchilardan biri.
Yana bir kishi esa butun vaziyatni tanqid ostiga olgan: «Men hayotimda ilk marta amerikalik ekanimdan faxr tuymayapman».
Uchinchisi esa liberalizmga sodiq bo‘lib qolishini ma'lum qilgan. Yana bir foydalanuvchi Demokratik partiyani va Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytgan.
Ko‘pchilik prezident Trampdan qo‘rquvini ifodalagan.
Ba'zilar hali kurash davom etajagini bayon qilgan. Barak Obama o‘z lavozimidan ketayotganiga afsus bildirganlar bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024