Iqtisodiyot | 15:24 / 09.11.2016
11710
1 daqiqa o‘qiladi

Xodorkovskiy Trampning g‘alabasi haqida: neft narxining pasayishiga tayyor turing

Foto: © AFP

"YuKOS"ning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy AQShdagi saylovlarda Donald Trampning g‘alaba qozonishiga munosabat bildirdi. 

"Odamlar targ‘ibotdan ko‘ra ko‘proq narsani hal qiladigan joydagina mo‘'jiza yuz berishi mumkin. O‘zimizga ham shuni tilayman", - deb yozdi u o‘zining Twitter'dagi sahifasida. 

Xodorkovskiy saylovlardagi bunday natijaning iqtisodiy xavfi, xususan neft bahosining tebranishiga ishora qildi. 

"Putinning tarafdorlari Trampning g‘alabasini xohlashgan edi. Mana u g‘olib ham bo‘ldi. Dastavval neft narxining pasayishiga "qo‘l qo‘ying" va Reyganni yodga oling (Reygan doktrinasi nazarda tutilmoqda, uning natijasida neft narxining keskin pasayishi kuzatilgan va sovet iqtisodiyotiga putur yetkazgan)", - deb yozdi u. 
 

Mavzuga oid