Jahon | 08:07 / 09.11.2016
6567
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton Tramp tug‘ilgan Nyu-York shtatida ustunlikka ega bo‘ldi

Foto: Reuters

AQSh prezidentligiga demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lmish Hillari Klinton Nyu-York shtatida respublikachilar vakili Donald Trampni ortda qoldirdi.

Qayd etish kerakki, bu shtat milliarderning ona shahri hisoblanadi va bu shtatda uning imkoniyatlari yuqori edi.

NBC News telekanali saytida ma'lum qilinishicha, Klinton 2000-yillarda bu shtat senatori bo‘lgani uning muddatidan oldin g‘alaba qozonishini ta'minladi.

Ovozlarning 20 foizi hisoblangan vaqtda, Klinton 77 foizga 21 foiz nisbatida oldinda bormoqda edi.

Shu bilan birga Klinton Manxetten va Bruklin kabi asosiy okruglarda mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan. Trampga uning o‘zi tug‘ilgan Kvinse okrugi aholisi ham ovoz bermadi.

Nyu-York shtati g‘olibga 29 saylovchi ovozini beradi. Bu saylov natijalarini hal qilishi kutilayotgan Floridadagi bilan teng. Hozircha Floridada Tramp ustunlik qilmoqda. Respublikachilar nomzodi eng ko‘p saylovchilar soniga ega Texas shtatida ham (38 saylovchi) g‘olib kelishi kutilmoqda.

Mavzuga oid